Теlefon: (+998)72 226-00-00
Email: info@jizkarantin.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Ishonch telefoni: (+998)71 202-84-84
Korrupsiyaga qarshi faoliyat: (+998)71 202-64-64
Call-markaz: 1288, (+998)71 202-10-00
Korrupsiyaga qarshi faoliyat: @uzdavkarantin_antikor_bot
Forish qovunlari xorij bozorlarida
  • 14-июл-2026, 10:58
  • Admin
  • 26
  • 0

Forish qovunlari xorij bozorlarida

Jizzax viloyati Forish tumanida tadbirkor va dehqonlar tomonidan yetishtirilayotgan sifatli qovun-tarvuz mahsulotlari bugungi kunda Qirgʻiziston, Polsha, Rossiya va Ukraina kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Hududda yetishtirilayotgan poliz mahsulotlari yuqori sifati, tabiiy taʼmi va eksportbopligi bilan xorijiy bozorlarda xaridorgir bo‘lib bormoqda.

Mahsulotlarni eksportga tayyorlash jarayonida Jizzax viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda. Ular eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar talablar va xalqaro standartlarga muvofiqligini nazorat qilib, zarur fitosanitar ko‘riklar o‘tkazmoqda hamda eksport uchun tegishli fitosanitar sertifikatlar rasmiylashtirilishini taʼminlamoqda.

Mazkur tizimli ishlar natijasida Forish tumanida yetishtirilayotgan poliz mahsulotlarining eksport geografiyasi kengayib, mahalliy dehqon va tadbirkorlarning eksport salohiyati tobora ortib bormoqda.


Boshqa yangiliklar

Fikrlar (0)


Izoh qoldirish

«    Август 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31