Теlefon: (+998)72 226-00-00
Email: info@jizkarantin.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Ishonch telefoni: (+998)71 202-84-84
Korrupsiyaga qarshi faoliyat: (+998)71 202-64-64
Call-markaz: 1288, (+998)71 202-10-00
Korrupsiyaga qarshi faoliyat: @uzdavkarantin_antikor_bot
Kitobga eʼtibor – maʼnaviyatga eʼtibor
  • 14-авг-2022, 15:20
  • Admin
  • 101
  • 0

Kitobga eʼtibor – maʼnaviyatga eʼtibor

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida xodimlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va shu orqali maʼnaviy dunyosini boyitish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

  Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha 2022-yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarga muvofiq Agentlik tizimida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkil etildi.

   Yarmarkada Agentlik Markaziy apparati bilan bir qatorda tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etib, maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan kitoblardan o‘zlari va farzandlari uchun xarid qildilar.

   Yarmarka doirasida taqdim etilgan badiiy, ilmiy va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblar, jumladan buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida, shuningdek, taniqli adiblarimiz Abdulla Qodiriy, O‘tkir Hoshimov, Tohir Malik, Said Ahmadning bir qator asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.


Boshqa yangiliklar

Fikrlar (0)


Izoh qoldirish

«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031