Теlefon: (+998)72 226-00-00
Email: info@jizkarantin.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Ishonch telefoni: (+998)71 202-84-84
Korrupsiyaga qarshi faoliyat: (+998)71 202-64-64
Call-markaz: 1288, (+998)71 202-10-00
Korrupsiyaga qarshi faoliyat: @uzdavkarantin_antikor_bot
Prezident huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda eksport bozorini yanada kengaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi
  • 14-июн-2022, 21:35
  • Admin
  • 263
  • 0

Prezident huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda eksport bozorini yanada kengaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyat hokimlari bilan birga meva-sabzavot yetishtirilayotgan 200 ming gektar maydonni xalqaro talablarga moslashtirish, yil yakunigacha 249 ta meva-sabzavot klasterlari bilan ishlab, xalqaro bozorlarga eksport qiladigan korxonalar sonini 400 tagacha oshirish vazifasi topshirildi.

Avvalo aytish lozimki, Prezidentimiz tashabbusi bilan Agentlik mutaxassislari tomonidan ushbu yo‘nalishda Turkiya tajribasi o‘rganib kelindi. Xususan, Turkiyalik maslahatchi jalb qilinib, qonun va qonun osti hujjatlar to‘liq ishlab chiqildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 24-may kuni 771–sonli Qonunimiz tasdiqlandi. Bu bilan, pestitsid va mineral o‘g‘itlarni olib kirishdan oxirgi iste’molchiga yetkazgungacha nazoratni yo‘lga qo‘yish tizimi belgilab berildi.

Bu judayam muhim, chunki ekin maydonlarining xalqaro talablarga javob berishi bevosita aynan ushbu Qonun ijrosiga bog‘liq.

Endilikda pestitsidlarni ro‘yxatga olish, ularning qadog‘i, markirovkasiga bo‘lgan talablar, savdo faoliyatini litsenziyalash va ishlatilishi xalqaro 5 ta standartga moslashtiriladi va ushbu jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi.

Shu bilan bir qatorda, meva-sabzavot yetishtiruvchi 249 ta klaster va ularga biriktirilgan 19 582 ta fermer xo‘jaliklari agronomlari hududlar kesimida o‘qitiladi (Qishloq xo‘jaligi va biologik ilm xalqaro markazi – CABI).

Bu orqali 400 ta yirik eksportyorlarni ushbu klaster va fermerlarga bog‘lab, yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarni Yevropa bozorlariga eksportga chiqarish maqsad qilingan.

Shuningdek, endilikda Yevropa talablari asosida pestitsid va mineral o‘g‘itlar sifati va ishlatish me’yorlari to‘liq nazoratga olinadi.

Har bir fermer xo‘jaligining agronomi endi konturlar kesimida dala daftarini yuritadi va Agentlikning “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ushbu ma’lumotlarning elektron bazasi shakllanib boradi.


Boshqa yangiliklar

Fikrlar (0)


Izoh qoldirish

«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031