
Xabibullo Xudayberdiev haqida to‘liq ma’lumot
Xabibullo Xudayberdiev 1956 yil 19 yanvarda Jizzax viloyati, Zomin tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1985 yil Xalqlar Do‘stligi ordenli Toshkent qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi olim agronom.
MEHNAT FAOLIYATI
1974-1974 yy. - Zomin tuman yo‘l qurilish korxonasida ishchi
1974-1976 yy. - Xarbiy xizmatda
1976-1984 yy. - Zomin tumanidagi “Zomin” jamoa xo‘jaligida agronom-entimolog
1984-1986 yy. - Zomin tumanidagi “Xorazm” jamoa xo‘jaligida agronom
1986-1996 yy. - Zomin tumani Agrokimyolaboratoriya boshlig‘i
1996-1997 yy. - Zomin tumani “Agrokimyota’minot” hissadorlik jamiyati raisi
1997-1999 yy. - Do‘stlik tumani “Agrokimyota’minot” hissadorlik jamiyati raisi
1999-2003 yy. - Zomin tumani №17-sonli xo‘jalik hisobidagi uchastka rahbari
2003-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Jizzax viloyati O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i
2021 y. - h. v. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Jizzax viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i
Izoh qoldirish