Jizzax viloyatida 2025-yilda zararli chigirtkalarga qarshi 103 ming 762 gektar maydonlarda kimyoviy kurash ishlari olib borildi, ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida chigirtkalar xavfi bartaraf etilib, qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazilmadi va hosili saqlab qolindi
Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan 2026-yilda zararli chigirtkalar tarqalishi mumkin bo‘lgan hududlarda 103 ming 748 gektar maydonlarda kuzgi kuzatuv ishlarini olib borildi. Chigirtkalarning tuxum qo‘ygan maydonlarini aniqlash kelgusi yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari, yaylovlar va qir-adirlarda keng tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Ipak qurtining asosiy ozuqasi hisoblangan, tut daraxtlarini tut parvonasi zararkunandasiga qarshi joriy yilda 3 mln. 450 ming dona yakka qatorli tut daraxtlarida Jizzax viloyati chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Xozirda xizmat mutaxasislari tomonidan viloyatning barcha xududlarida mavjud yakka qatorli tut daraxtlari va tutzorlarda tut parvonasiga qarshi kuzatuv ishlari olib borilmoqda.
Ayni damda viloyatimizning tumanlarida zararli chigirtkalarga qarshi hamda viloyatning barcha tumanlarida tut parvonasiga qarshi kuzgi kuzatuv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish